Pokistonda jangarilar universitetga hujum qildi
Pokistonning Peshovar shahridagi qishloq xo‘jaligi universiteti kampusiga uch nafar qurollangan noma'lum shaxs hujum uyushtirdi, kamida 11 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda Geo TV telekanali mahalliy manbalarga tayangan holda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan niqobli shaxslar kampus hududiga kirib kelgan va talabalarga qarata tartibsiz ravishda o‘t ochgan.
Mahalliy Dawn gazetasining yozishicha, hujum qilgan shaxslar yotoqxona hududiga ham kirib olishning uddasidan chiqishgan. Shu bilan birga nashrning ta'kidlashicha, yotoqxona ichida qancha talaba bor ekanini aniq aytib bo‘lmayapti.
Hodisa yuz berganidan so‘ng voqea joyiga politsiya va armiya bo‘linmalari yetib keldi. Ular jangarilarni yo‘q qilgani aytilmoqda.
Ta'kidlanishicha, 3 kishi hujum qilgan. Reuters tarqatgan xabarga ko‘ra, «Tolibon» harakati hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.
Shaharning asosiy qismi - Yuniversiti Roud – amaliyot vaqtida yopib qo‘yildi.
Mavzuga oid
19:04 / 26.11.2024
Pokistonda minglab namoyishchilar sobiq bosh vazir Imron Xonning ozod etilishini talab qilmoqda
13:27 / 26.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi parvozlar geografiyasi kengaytiriladi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024