Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi tug‘uruqxonada britaniyalik juftlikning farzandi “garovda ushlab turildi”
Turkiyadagi tug‘uruqxonada dunyoga kelgan Ayda Uordning ota-onasidan uning tug‘ilishi bilan bog‘liq ko‘rsatilgan tibbiy xizmat uchun 134 ming dollar talab qilindi. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, 28 yoshli Abdel Bleyk va 19 yoshli Brendon Uord Turkiyaga Buyuk Britaniyadan dam olgani kelganlar. Homilador bo‘lgan Abdelda to‘satdan muddatidan 3 oy oldin to‘lg‘oq boshlagan.
Juftlik tug‘uruqxonadagi xizmatlar uchun barcha xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi qoplaydi, deb o‘ylagan. Oqibatda esa ular “garovda ushlab turilgan” farzandlarini tug‘uruqxona berishi uchun 77 kun urinishlariga to‘g‘ri keldi.
Sug‘urta kompaniyasi tug‘uruqxonaga ko‘rsatilgan xizmat uchun 5400 dollarni to‘lab bergandan keyin juftlik jajjigina farzandi bilan uyiga qaytib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025