Jahon | 08:40 / 03.12.2017
23062
2 daqiqa o‘qiladi

Minglab isroilliklar namoyishga chiqishdi

© REUTERS / Amir Cohen

2 dekabrda Tel-Aviv ko‘chalariga 20 mingga yaqin isroillik ularning fikricha mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni korrupsiya taftishlaridan “quruq” olib chiqishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslariga qarshi chiqishdi. 

Bosh vazir ittifoqdoshlari biri yuqoridagi kabi tergovlar bo‘yicha politsiyaga tavsiyalar berishni taqiqlovchi, ikkinchisi esa amaldagi bosh vazirga jinoiy ta'qibdan immunitet beruvchi qonunlarni parlamentdan o‘tkazishmoqchi.    

“20 mingga yaqin kishi shanba kuni kechki payt “sharmandalik marshi” deb atalgan namoyishga chiqishdi”, deb ma'lum qilgan “Kan” radiostansiyasi.

Netanyaxu ishbilarmon doiralar vakillaridan qimmatbaho sovg‘alar olishda va mamlakatdagi eng yirik nashriyot uylaridan birining egasi bilan “ma'lum xizmatlar evaziga” hukumatning faoliyatini yaxshi tomondan yoritish bo‘yicha kelishib olishda gumon qilinmoqda. 

Politsiya Netanyaxuga nisbatan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha korrupsiya, firibgarlik va ishonchni suiste'mol qilish alomatlari borligini tekshirayotganini ma'lum qilgan.

Netanyaxuning o‘zi esa hech qanday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaganini ta'kidlab, yana ko‘plab yillar mamlakatni boshqarishini aytgan. U muxolif siyosatchilar va jurnalistlarni politsiya va prokuraturaga bosim o‘tkazish yo‘li bilan to‘ntaruv amalga oshirishga urinishda ayblamoqda. Agar tergov Netanyaxuga ayblov e'lon qilinishi bilan tugasa, unda uning iste'foga ketishi masalasi ko‘tariladi.

Foto: Reuters

Mavzuga oid