Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo mamlakatlari farovonligi reytingi e'lon qilindi
Farovonlik-2017 reytingi e'lon qilindi. Mazkur reyting har yili Buyuk Britaniyaning The Legatum Institute tahliliy markazi tomonidan o‘tkaziladi.
Reyting "xavfsizlik va muhofaza", "ta'lim", "sog‘liqni saqlash" va "shaxsiy erkinlik" kabi jihatlarni inobatga oladi.
Farovonlik-2017 reytingida Norvegiya, Yangi Zelandiya va Finlyandiya mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Yaman esa so‘nggi o‘rinni egallagan.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘iston farovonlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 72-o‘ringa, Qirg‘iziston - 82-o‘ringa, Tojikiston esa 102-o‘ringa munosib ko‘rilgan. O‘zbekiston va Turkmaniston reytingda yo‘q.
Legatum Institutining dunyo mamlakatlari indeksi - bu mamlakatlarning farovonlik va gullab-yashnash nuqtai nazaridan yutuqlarini baholovchi umumiy ko‘rsatkich. Reyting jamiyat hayotidagi turli aspektlarni aks ettiruvchi qator ko‘rsatkichlarga asoslanib tuziladi. Indeks ijtimoiy farovonlik va global ko‘lamda uning rivojlanishini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025