Sport | 19:30 / 04.12.2017
123662
2 daqiqa o‘qiladi

Foto. Muxlislar maydonga chiqib ketishdi, militsiya tartib o‘rnatdi

O‘zbekiston Kubogi uchun «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasida kechgan final uchrashuvi yakunlangach, tribunalardagi muxlislar maydonga tushib ketishgan.

«KUN.UZ» muxbirlarining xabar berishicha, o‘yin yakunlanganidan so‘ng maydonga yuzlab muxlislar tushib kelishi oqibatida taqdimot marosimini kechiktirishga to‘g‘ri kelgan.

Muxlislarning bu harakatlari futbolchilar tomonidan o‘yinga kelgan muxlislarga to‘p tarqatilishi boshlanganidan keyin ro‘y berdi. Bu harakatning aniq sababi ma'lum emas.

O‘yin vaqti 30 ming tomoshabin sig‘imiga ega stadion qariyb to‘lgandi, ularning 1000 nafarga yaqini stadionga tushib kelgan. 

Video: Stadionga tekin chipta bilan tushgan muxlislarga tekin to‘p ham kerak

Bu muxlislar maydonda keskin harakatlar sodir etishmagan, tez orada militsiya ularni maydondan chiqarib yuborgan va taqdimot marosimi boshlangan.

Foto: Twitter/ @Aziz_Nuriy

Mavzuga oid