Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yilning eng yaxshi poygachisi ma'lum qilindi
«Formula-1»ning «Mersedes» jamoasi piloti Lyuis Hemilton Autosport Awards har yilgi marosimida ikkita sovrin sohibiga aylandi, deb xabar bermoqda RT.
Hemilton tomoshabinlarning ovoz berishi jarayoni yakunlari bo‘yicha 2017 yildagi eng yaxshi poygachi nominatsiyasida g‘alaba qozondi. Shuningdek u britaniyalik eng yaxshi poygasi deb e'tirof etildi.
Shu tariqa Hemilton yilning eng yaxshi poygachisi nomini beshinchi marta qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Lyuis Karl Devidson Hemilton (ingliz. Lewis Carl Davidson Hamilton) 1985 yilning 7 yanvar kuni tug‘ilgan bo‘lib, jahonning to‘rt karra chempioni sanaladi - 2008, 2014, 2015 va 2017 yilda. Ayni vaqtda u dunyodagi eng yaxshi poygachilardan biri bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022