Light | 10:35 / 05.12.2017
34288
6 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng noyob 10 mehmonxonasi (fotojamlanma)

Bu mehmonxonalar shu qadar ajoyibki, darhol o‘sha yerda paydo bo‘lib qolgingiz keladi. Qayerga yo‘l olish haqida o‘ylab, tanlovni amalga oshiring - "Layfxaker" dunyoning eng noyob 10 mehmonxonasi haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

1. Suv osti nomerli mehmonxona, Tanzaniya

Foto: OneTwoTrip
Foto: OneTwoTrip

Manta Resort mehmonxonasi Zanzibarda joylashgan. Uning yaqinida uch bo‘limdan iborat noyob majmua mavjud. Mehmonlar xonasi va hammomli birinchi bo‘lim - dengiz sathi miqyosida. Ikkinchisi dam olish maydoni bo‘lib, u yerda kunduzi toblanish, tunda esa yulduzli osmonni tomosha qilib, zavqlanish mumkin. Eng qiziqarlisi - uchinchi bo‘lim. U suv ostida joylashgan. Bu yotoqxona bo‘lib, u yerda televizor o‘rniga - manzarali derazalar, ularning ortida esa - marjonlar, ekzotik baliqlar va boshqa dengiz jonivorlarini ko‘rish mumkin.

2. Teleminora-mehmonxona, Niderlandiya

Foto: OneTwoTrip
Foto: OneTwoTrip

Euromast mehmonxonasi sobiq televizion markaz - taniqli  "Yevromatch" binosida joylashgan. Uning hashamatli nomerlari Rotterdam shopping-tumani uzra qad ko‘targan. Apartament derazalaridan ajoyib manzara namoyon bo‘ladi. Biroq maxsus aylanuvchi kabinkada 185 metrlik kuzatuv maydoniga ko‘tarilayotganingizda misli ko‘rilmagan go‘zallik guvohi bo‘lasiz.

3. Daraxtdagi mehmonxona, Shvetsiya

Foto: OneTwoTrip
Foto: OneTwoTrip

Luleo shaharchasi yaqinida, Xarads o‘rmonlarida zamonaviy mebel va bepul Wi-Fi'ga ega mehmonxona mavjud. Buning nimasi ajablanarli dersiz? Nomerlar daraxtlarda osig‘liq! Treehotel majmui 5 mavzuiy uychani o‘z ichiga olgan: "NUJ", "Qush uyasi", "Ko‘zguli kub", "Ko‘k konus" va "Hujra". Mehmonlar Treehotel dizayni va tabiat bilan uyg‘unlik hissidan zavq olishadi.

4. G‘ordagi mehmonxona, Italiya

Foto: OneTwoTrip
Foto: OneTwoTrip

Sant’Angelo Luxury Resort mehmonxonasining o‘ziga xos jihati — betakror arxitektura va muhit. U Matera shahrining tarixiy dahasida joylashgan. Mehmonxona nomerlari qoyalar ichida qurilgan, ularning derazasidan esa ibodatxona va Bazilikat tog‘larining ajib go‘zalligi namoyon bo‘ladi. Tuf-g‘orlar (tuf - tog‘ jinsi)da yashash juda qulay: nomerlarda zamonaviy mebel, hammom, dush, internet, mini-bar bor. Bu mehmonxonaning eng byudjyet nomerlarida yashash avvalgisidan ancha arzonroq.

5. Eskimos-uyli mehmonxona, Finlyandiya

Foto: OneTwoTrip
Foto: OneTwoTrip

Kakslauttanen turistik kompleksi qutb doirasi atrofida joylashgan. Mehmonlarga taklif qilinadigan asosiy xizmatlardan biri — oynali tomga ega xonalarda yashash, u yerda issiq o‘rinda yotib, shimoliy yog‘dudan bahramand bo‘lish. Kamalaksimon chiziqlarni avgust oxiridan aprelgacha ko‘rish imkoni yuqori. Mo‘'jizani kutib esa, itlarga bog‘langan chanalarda uchish, muzli suv havzalarida cho‘milish yoki saunaga borish mumkin.

6. Poyezd-mehmonxona, Buyuk Britaniya

Foto: OneTwoTrip
Foto: OneTwoTrip

The Old Railway Station — yo‘l romantikasiga oshufta ko‘ngillar uchun ayni muddao. XIX asrda bu yerda vokzal bo‘lgan. Hozirda bu bepul Wi-Fi'ga ega ajoyib mehmonxona. Kutish zali endi mehmonlar zali sifatida xizmat qilmoqda. Undan yozda mehmonlarga nonushta beriladigan platformaga chiqish va nomerlarga o‘tish mumkin. Nomerlar qirol Eduardning qayta jihozlangan Pulman vagonlarida joylashgan.

7. Voha-mehmonxona, Birlashgan Arab Amirliklari

Foto: OneTwoTrip
Foto: OneTwoTrip

Nafaqat dengiz qirg‘og‘ida, balki sahro o‘rtasida ham to‘laqonli dam olish mumkin. Al Maha A Luxury Collection Desert Resort And Spa mehmonxonasi buning eng yaxshi tasdig‘idir. Dubay qumlarida suzish havzalari va qadimiy mebelli qulay mehmonxona binosi turadi. Shuningdek, sog‘lomlashtirish markazi, sauna, bir necha restoran va sahro bo‘ylab tuyalarda ekskursiya qilish mehmonlar xizmatiga shay.

8. Qamoq-mehmonxona, Germaniya

Foto: OneTwoTrip
Foto: OneTwoTrip

Kayzerslautern shahri markazida, Yapon bog‘i yaqinida, sobiq qamoq binosida Alcatraz mehmonxonasi joylashgan. Unda mehmonlar o‘zlarini "mahbuslardek" his qilishlari mumkin, agar istashsa, albatta. Odatiy apartamentlar bilan bir qatorda panjarali kamera-nomerlar bor. Xohlasangiz, nonushtangizni ham temir eshik darchasidan uzatishadi. Istagan vaqtingizda bunday xonani tark etib, oddiy nomerga o‘tishingiz mumkin.

9. Futuristik mehmonxona, Polsha

Foto: OneTwoTrip
Foto: OneTwoTrip

Blow Up Hall 5050 mehmonxonasi — giklar uchun ayni muddao. O‘ta zamonaviy dizayn va so‘nggi texnologiyalar o‘zingizni kelajakka tushib qolgandek his qilish imkonini beradi. Mehmonlarga odatiy karta-kalitlar o‘rniga iPhone beriladi. Smartfon nafaqat eshiklarni ochadi, balki Poznanda yashash vaqtida doim aloqada bo‘lishga yordam beradi.

10. Elbrusdagi kapsula-mehmonxona, Rossiya

Foto: OneTwoTrip
Foto: OneTwoTrip

Tog‘-chang‘isini yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal maskan. LeapRus mehmonxonasi mag‘rur Elbrus qoyasida, deyarli 4 ming metr balandlikda quyosh chiqishi va botishidek betakror manzaralardan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Nomerlar u qadar katta bo‘lmasa-da, juda qulay: yotoqxonalar, issiq pol, bepul internet va go‘zal manzara.

Mavzuga oid