Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 20 hujjat imzolandi
Ko‘ksaroydagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Afg‘oniston Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti imzolandi.
Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, ta'lim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi. Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzish, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam, Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif – Shibirg‘on – Maymana – Hirot temir yo‘lini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, tashrif doirasida umumiy qiymati 500 million dollardan ziyod bo‘lgan 40 dan ortiq eksport shartnomasi imzolandi.
Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda bo‘lib o‘tgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladilar.
Afg‘oniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025