Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OFK prezidenti O‘zbekiston tez orada JChga chiqishiga ishonch bildirdi
3-4 dekabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa OFK rasmiy saytiga tashrif borasida qisqacha intervyu berdi.
«O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasining asosiy birlashtiruvchisi, balki Osiyo futbolining elitasi hamdir.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi OFKning eng yosh a'zolaridan biri bo‘lishiga qaramay, ularning rivojlanishi juda tez sur'atda davom etmoqda. Men ishonch bilan ayta olamanki, yaqin orada O‘zbekiston Milliy terma jamoasini Jahon chempionatida ko‘ramiz.
Kuchli va faol yangi rahbar Umid Ahmadjonov boshchiligida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini e'tirof etish kerak», - deydi Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa.
O‘z o‘rnida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham yuqori martabali mehmonning Toshkentga tashrifi haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
«Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Prezidenti bizning taklifimizni qabul qilib, poytaxtimizga tashrif buyurgani va u bilan muloqot qilish imkoniyati yuzaga kelgani biz uchun nihoyatda katta sharaf.
O‘zbek futbolini yuqori darajaga olib chiqish, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi OFK tashkil etadigan barcha tadbir va musobaqalarda ishtirok etishi uchun hamma harakatlarni amalga oshirmoqdamiz», - deya Ahmadjonovning so‘zlarini keltiradi OFK rasmiy sayti.
Mavzuga oid
18:20 / 29.10.2024
Akram Afif - Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi!
17:46 / 29.10.2024
Abbosbek Fayzullayev - Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi!
12:55 / 10.01.2024
Rauf Inileyevni qit’ada yil murabbiyiga aylantirgan turnir. OFK prezidenti O‘zbekistondan nega uzr so‘ragandi?
14:47 / 03.11.2023