Qozog‘iston al-Quds bo‘yicha bayonot berdi
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi al-Quds bilan bog‘liq vaziyat haqida bayonot berdi, deya xabar qilmoqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
"Qozog‘iston al-Quds maqomi bilan bog‘liq vaziyat atrofidagi keskinlikning o‘sishidan xavotirda ekanini bildiradi va barcha ishtirokchi tomonlarni vazminlikka chaqiradi. Al-Qudsning amaldagi maqomi saqlanib qolinishi uchun chiqib, Qozog‘iston Falastin-Isroil mojarosiga xalqaro huquq, BMT Bosh Assambleyasi hamda Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari va 2002 yildagi Arab tinch tashabbusi asosida yechim topish bo‘yicha pozitsiyasini yana bir tasdiqlaydi”, - deyiladi tarqatilgan xabarda.
Xabar qilinishicha, Falastin-Isroil mojarosiga yechim topish “ikki xalq uchun ikki davlat” prinsipi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim, u 1967 yilgi chegaralarda Falastin davlatini poytaxtni Sharqiy al-Qudsda bo‘lgani holda tashkil etish, Isroil bilan tinchlik va xavfsizlikda hayot kechirishni nazarda tutadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishini ma'lum qildi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Trampga «jasur va adolatli» qaror uchun minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Trampning qarorini Yaqin Sharqdagi tinch jarayonda Amerika ishtirokining yakuni deb atadi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024