Jahonning eng chiroyli osmono‘par binolari aniqlandi (foto)
Emporis Skyscraper Award tanlovi doirasida 2016 yilning eng chiroyli osmono‘par binolarini tanlandi. G‘oliblar loyihaning rasmiy saytida e'lon qilindi. Birinchi o‘rinni Nyu-Yorkdagi VIA 57 West binosi egalladi.
Bu sohadagi mukofot har yili nafaqat yorqin dizayni, shuningdek o‘ylangan funksionalligi bilan chuqur taassurot qoldiruvchi binolarga beriladi. Bunday binolarning balandligi 100 metrdan oshiq bo‘lishi ham muhim shart.
1. VIA 57 West, Nyu-York, AQSh
2. Torre Reforma, Mexiko, Meksika
3. Oasia Hotel Downtown, Singapur
4. MaxaNakxon, Bangkok, Tailand
5. Elba filarmoniyasi, Hamburg, Germaniya
6. 56 Leonard Street, Nyu-York, AQSh
7. CTF Finance Centre, Guangjou, Xitoy
8. The L Tower, Toronto, Kanada
9. Beijing Greenland Dawangjing Tower, Pekin, Xitoy
10. Sumitomo Fudosan Roppongi Grand Tower, Tokio, Yaponiya
Finalchilar tanlov o‘tkazilishidan bir yil muqaddam qurib bitkazilgan bo‘lishi kerak, shu sababli ularning barchasi 2016 yili barpo etilgan binolardir.
Mavzuga oid
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
19:31 / 07.09.2024
Dubayda dunyodagi ikkinchi eng baland osmono‘par bino qurilmoqda
20:15 / 16.12.2022
Saudiya Arabistoni balandligi 2 kilometrlik osmono‘par bino qurmoqchi
07:44 / 29.10.2021