Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada yil boshidan 1300 foizlik inflyatsiya qayd qilindi
Venesuela muxolif milliy assambleyasining moliya bo‘yicha komissiyasi 8 dekabrda 2017 yilning 11 oyi natijalariga ko‘ra mamlakatdagi inflyatsiya 1300 foizdan oshganini, yil bo‘yicha esa 2000-2100 foizga yetishini ma'lum qildi.
Komissiya a'zosi Anxel Alvaradoning aytishicha, bunday vaziyat hukumatning iqtisodiy siyosatidagi tanazzul bilan bog‘langan. “Venesuela 15 chorakdan beri iqtisodiy pasayish holatida bo‘lib, bu depressiya hosil qiladi”, deb aytgan Alvarado.
Uning prognoziga ko‘ra, yil yakuniga ko‘ra bir AQSh dollari mamlakat qora bozorida 150 ming bolivarga yetadi. Hozir bu ko‘rsatkich 95,5 ming bolivarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
22:41 / 24.05.2025
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi
22:51 / 03.05.2025