Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyadagi dopingga aloqadormi?
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Rossiyadagi doping tizimini surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha komissiyasi rahbari Samuel Shmid nima uchun uning komissiyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘lanishga urinmaganini aytib o‘tdi.
«Agarda biz u ham aralashgan, degan fikrdan kelib chiqib ish tutganimizda, u bilan gaplashishga harakat qilgan bo‘lardik. Hisobotda Putin ro‘y berayotgan holat haqida bilgani yoki bilmagani bo‘yicha holatni aniqlay olmaganimizga yuz foizlik darajada rioya etganmiz», - deya Shmidning so‘zlarini keltiradi Watson.
MOQ Rossiya Olimpiya qo‘mitasini diskvalifikatsiya qildi, buning natijasida rossiyaliklar 2018 yilgi O‘yinlarda faqat neytral bayroq ostida ishtirok etishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Pyongchangida 2018 yili bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rossiyalik sportchilarga pul grantlarini ajratishi, bu ularning musobaqalarda ishtirok etishini ta'minlash uchun kerakligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
00:53 / 27.05.2025