Jahon | 09:39 / 09.12.2017
48568
2 daqiqa o‘qiladi

Sirlar ochilmoqda. Muammar Qazzofiyning sobiq maslahatchisi bayonot berdi

Foto: Bashir Saloh Bashir

Liviyaning 2011 yilda o‘ldirilgan yetakchisi Muammar Qazzofiyning sobiq maslahatchisi Bashir Saloh Bashir RT’ga bergan intervyusida sobiq davlat rahbariga qarshi fitna sabablari va tashkilotchilari haqida aytib o‘tdi.

Suhbat davomida uning ta'kidlashicha, Qazzofiy inqilob sabab hokimiyatdan ag‘darilmagan va o‘ldirilmagan, balki avvaldan rejalashtirilgan fitna qurboniga aylangan.

«Bu inqilob emasdi. Bu Qazzofiy va boshqa ko‘plab davlatlar yetakchilariga qarshi fitna edi. Qazzofiy va boshqa prezidentlarni hokimiyatdan ag‘darish bo‘yicha jiddiy rejalashtirilgan hamda o‘ta noziklik bilan amalga oshirilgan reja – Misr, Tunisda ham shu bo‘ldi», - deya aytib o‘tdi Bashir.

Fitnadan maqsad, uning so‘zlariga ko‘ra, islomni dindan madaniy hodisaga aylantirish kerak bo‘lganidadir.

«Bizga olamga Umar Xayyom va zamonaviy sivilizatsiya rivojiga hissa qo‘shgan boshqa olimlarni bergan islom kerak», - deya Bashir AQSh sobiq prezidenti Richard Niksondan iqtibos keltirdi.

Xulosa o‘rnida uning taxmin qilishicha, Qazzofiyga qarshi fitna Qo‘shma Shtatlar tomonidan tashkillashtirilgan.

«Ular (AQSh) Qazzofiyni g‘arb madaniyati va g‘arbiy hayot tarziga qarshi inson deb bilishgan. Uni jahon tartibini yo‘qqa chiqarishga urinayotgan odam sifatida ko‘rishgan. Hamda ular unga qarshi fitna uyushtirishdi. Keyin esa 40 davlat sakkiz oy davomida Liviyaga qarshi urush olib bordi», - deya aniqlik kiritdi u.

Eslatib o‘tamiz, Liviya sobiq yetakchisi Muammar Qazzofiy 2011 yilning 20 oktabr kuni NATO tomonidan qo‘llab-quvvatlangan isyonchilar tomonidan o‘ldirildi. Uning o‘limidan so‘ng mamlakat bir necha hududlardan bo‘linib ketdi, ular turli guruhlar tomonidan nazorat qilinmoqda.

Mavzuga oid