Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik ayolning telefoniga “mukkasidan ketishi” ayanchli tugadi (video)
Xitoyda telefoniga mukkasidan ketgan ayol murakkab vaziyatga tushib qoldi.
The Daily Mail nashrining yozishicha, ayol telefonidan boshini ko‘tarmagancha, qayoqqa ketayotganini anglamay, yer osti avtoturargohidagi boks ichiga kirib ketgan. U e'tiborsizlik qilib qo‘yganini ichkariga kirgachgina anglagan. U bunday vaziyatga tushganidan biroz sarosimaga tushib, endi u yerdan chiqmoqchi bo‘lganda boks eshiklari yopilib, uning harakatlanuvchi qismi ayol bilan birga pastdagi avtoturargohga yo‘nalgan.
Ayol pastga tushirilgach, endi chiqish tomon yo‘nalganda, boksga avtomobil kiritila boshlangan va ayol mashina g‘ildiraklari ostida qolib ketgan. Oqibatda e'tiborsiz ayolni mashina ostidan chiqarishga to‘g‘ri kelgan. Ma'lum qilinishicha, ayol to‘piq suyagidan shikast olgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025