Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» qishki chempion. Bundesligada 15-tur yakunlari
8-10 dekabr kunlari mobaynida Germaniya chempionatida 15-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
«Bavariya» bu turda «Ayntraxt» maydonidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi va turnir jadvalida 35 ochko to‘plagan holda eng yaqin ta'qibchisi «Leyptsig»ni 8 ochkoga ortda qoldirib, qishki mavsumni birinchi o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.
Mavsumni barqaror o‘tkaza olmayotgan «Leyptsig» bu turda «Maynts» bilan durang o‘ynab qo‘ydi - 2:2.
Dortmundning «Borussiya» jamoasida inqiroz davom etmoqda. Jamoa «Verder»ga qarshi o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va rahbariyat Peter Boshni iste'foga chiqarib, «Kyoln»ning sobiq bosh murabbiyi Petr Shtegerni mavsum oxiriga qadar yolladi. Dortmund jamoasi chempionatda oxirgi g‘alabasini 30 sentabr kuni «Bayyer»ga qarshi o‘yinda nishonlagan, keyinroq Germaniya Kubogida «Magdeburg» ustidan g‘alaba qozonilgan, Chempionlar ligasida bironta ham g‘alaba qayd etilmagan. 15 turdan keyin jamoa 22 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda.
«Bavariya»ga bu mavsumda «Borussiya» raqobat qila olmasligi aniq bo‘ldi, «Shalke» va Menxengladbaxning «Borussiya»si esa mavsumni nisbatan yaxshi o‘tkazmoqda. Bu turda aynan shu ikki jamoa o‘zaro raqib bo‘ldi va kuchlar teng keldi - 1:1. Endi bu jamoalar 26 hamda 25tadan ochkoga ega bo‘lgan holda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda joylashgan.
Shu tariqa, «Bavariya»ni oxirgi turda hech qaysi jamoa quvib o‘ta olmaydi va Yupp Haynkess jamoasi ta'tilga qishki chempion sifatida yo‘l oladi.
15-tur uchrashuvlari

15 turdan keyingi turnir jadvali

Mavzuga oid
07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi
03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi
14:17 / 30.01.2025