Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda yangi seriyadagi avtomobil raqamlari sotuvga qo‘yildi
9 dekabrda Dubaydagi auksionda yangi “AA” kodli avtomobil raqamlarining birinchi partiyasi sotildi. Ushbu partiyadan 10 ta raqam 12,3 mln dirhamga (3,4 mln dollar) sotildi.
Yo‘llar va transport boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan joriy yildagi oxirgi ochiq auksion yangi dizaynga ega raqamlar ishlab chiqarilishi boshlanishini anglatadi.

Eng qimmat sotilgan raqam AA10 bo‘ldi, u 3,12 mln dirhamga (844 ming dollar) sotib olindi.
Ushbu 10 ta raqam keyingi 12 oy uchun “AA” seriyasidagi yagona avtomobil raqamlari bo‘ladi.
AA10 raqamini dubaylik tadbirkor Majid Mustafo xarid qilgan. AA12 va AA50 raqamlari mos ravishda 2,72 mln dirham (740 ming dollar) va 1,84 mln dirhamga (500 ming dollar) o‘z egalarini topib ketgan.
Mavzuga oid
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi
11:18 / 25.02.2025