Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi
Olmazor tumanining sobiq hokimi Bahodir G‘oyibnazarov Shayxontohur tumaniga yangi hokim etib tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Tumanning avvalgi hokimi Odilxon Rustamov noyabr oyida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgach, lavozim bo‘sh qolayotgandi.
Bu lavozimni vaqtinchalik Shuhrat Sodiqov egallab turgandi. Endi u hokimning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Bahodir G‘oyibnazarov 1997 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005 yilda esa O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
Bahodir G‘oyibnazarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shu yilning aprelida Olmazor tumani hokimligidan ozod etilgan edi.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
14:51 / 11.04.2025
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
09:52 / 28.02.2025