Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘yib uxlamaslikning kutilmagan xavfi haqida ma'lum qilindi
Foto: Getty Images
Yyel universiteti olimlari o‘smirlarning to‘yib uxlamasligi ularda spirtli ichimliklarga moyillikni keltirib chiqarishi mumkin degan xulosaga kelishdi. MedicalXpress saytida shu haqida ma'lum qilindi.
Manbaga ko‘ra, tadqiqotda 42 kishi ishtirok etgan va ular o‘tgan oy mobaynida ko‘p spirtli ichimlik iste'mol qilishganini aytishgan. Ko‘ngillilarga bir hafta davomida uyqu sifati va iste'mol qilinayotgan alkogol hajmini kuzatish taklif etildi. Organizmning kundalik ritmini nazorat qilish uchun uyqu va faollik monitori qo‘llandi.
Ma'lum bo‘lishicha, uyqu davomiyligining qisqaligi orqali keyinchalik iste'mol qilinadigan alkogol miqdorini yuqori aniqlik bilan taxmin qilish mumkin ekan. Ta'kidlash joizki, katta miqdorda spirtli ichimlik iste'mol qiluvchi ko‘ngillilar uyquga kechroq yotishgan va kech uyg‘onishgan.
2017 yilning bahorida Journal of the American Heart Association'da amerikalik mutaxassislarning maqolasi taqdim etildi. Unga ko‘ra, muntazam ravishda uyquga to‘ymaslik yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetdan aziyat chekuvchi kishilarning falaj natijasidagi o‘lim holati ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.
Mavzuga oid
17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi
16:55 / 25.03.2025
Ko‘zga ohak yoki yot jism kirganda nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi
14:43 / 19.03.2025