«G‘alaba!». Tramp IShID Suriya va Iroqda yakson etilganini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi harbiy byudjyetni imzolash marosimi chog‘ida Suriya va Iroqda IShID terrorchilik guruhi ustidan g‘alaba qozonilganini ma'lum qildi. Bu haqda Oq uy saytida e'lon qilingan xabarda aytiladi.
«Biz Suriyada g‘alaba qozondik, Iroqda g‘alaba qozondik, biroq ular boshqa tumanlarga tarqalmoqda. Biz ularni qanday tezlikda tarqalayotgan bo‘lsa, shunday tezkorlik bilan ta'qib etmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Tramp mudofaa byudjyetini imzolash marosimida.
Tramp 2018 yilga mamlakat mudofaa byudjyetini imzoladi. Harbiy maqsadlarga qariyb 700 milliard dollarni yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda.
Pentagonning bazaviy byudjyeti 626 milliard dollarni tashkil etadi, yana 66 milliard dollar AQShning xorijdagi harbiy amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.
Rossiya Bosh shtabi 6 dekabr kuni Suriya hududi IShID jangarilaridan ozod etilgani haqida xabar berdi. Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy esa 9 dekabr kuni mamlakat IShIDdan butunlay ozod qilinganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
11:30 / 01.10.2024
BMT: 100 000 kishi Livandan Suriyaga qochdi
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024