O‘zbekiston | 15:00 / 13.12.2017
13038
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

«Mamlakatimizning bosh maydonida qad rostlagan Mustaqillik va ezgulik monumenti O‘zbekiston tanlagan yo‘l – mustaqillik, tinchlik va taraqqiyot timsolidir. Ushbu monument teran ma'no-mazmuni, g‘oyaviy-badiiy yechimi bilan O‘zbekistonning tinchliksevar siyosatini, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini o‘zida ifoda etadi», deyilgan xabarda. 

Sooranbay Jeenbekov Mustaqillik maydoni tinchlik, do‘stlik va ezgulikni targ‘ib qilishda, o‘zbek xalqining buyuk kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega me'moriy majmua ekanini alohida ta'kidladi. 

Mavzuga oid