Light | 09:57 / 13.12.2017
22040
2 daqiqa o‘qiladi

Sayohat qilish uchun eng qiziqarli joylar ma'lum qilindi

National Geographic jurnali tahririyati sayohat qilish uchun eng qiziqarli joylar ro‘yxatini tuzdi. 

Reyting mualliflari 1-o‘ringa Efiopiyadagi Xarar shahrini qo‘yishdi. Bu yerga kelishga botina oladigan sayyohlarni 82 ta masjid, ajoyib qahva kutib qoladi. Shuningdek, kechasi shaharga sirtlonlar oralaydi.  

Foto: CNN.com

2-o‘ringa Argentinadagi Jujuy viloyati qo‘yildi. Bu yerning o‘ziga jalb qiluvchi joyi YuNeSKOning Jahon merosi obektlari ro‘yxatiga kiruvchi Kebrada-de-Umauaka vodiysi hisoblanadi. Manzarali tog‘lar bilan o‘ralgan bu vodiyda azaldan odamlar yashab kelgan. Ular bu yerda miloddan 9 ming avval yashashni boshlashgan.

Foto: Dreamstime

Mutaxassislar 3-o‘ringa Gruziya poytaxti Tbilisini loyiq topishdi. Ularning fikricha, bu shahar arxitekturaviy uslublarining turfaligi, xinkali (milliy taom) va mahalliy odamlarning mehmondo‘stligi uchun kelishga arziydi.

Foto: BS tourism

4- va 5-o‘ringa Avstraliyaning Sidney va Meksikaning Oaxaka shtati qo‘yildi. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Vena, Havayidagi Oaxu oroli, Malme, Iordaniya va Dublin joy oldi.

 

Mavzuga oid