Jahon | 23:04 / 15.12.2017
9568
2 daqiqa o‘qiladi

Daimler elektr yuk mashinalarini AQSh, Yevropa va Yaponiyaga yetkazib bermoqda

Foto: Getty Images

Ilon Maskning kompaniyasi o‘zining yangi Tesla Semi elektr yuk mashinasiga buyurtmalar olayotgan bir paytda, Germaniyaning Daimler avtomobilsozlik konserni o‘zining elektr yuk mashinalarining ilk partiyasini mijozlarga yetkazib berishni boshladi.

Daimler’ning 6 ta yuk mashinasini olgan birinchi mijozlardan biri DHL kompaniyasi bo‘ldi. Daimler Fuso eCanter deb nomlangan bu mashinadan yana 3 tasini DB Schenker, Rhenus va Dachser transport kompaniyalari xarid qildi. Bundan avval AQShning UPS kurerlik kompaniyasi ham bu mashinalardan olgandi. Yana 25 ta mashina Yaponiyaga jo‘natiladi. Mashinalardan bu yerda Seven-Eleven do‘konlar tarmog‘i yuk tashishda foydalanadi. 

Fuso eCanter kichik o‘lchamli elektr yuk mashinasi bo‘lib, Daimler’ga tegishli Mitsubishi Fuso kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Yuk mashinasi bir quvvatlanishda 100 kilometrgacha yo‘l bosa oladi, u 4,5 tonna yuk ko‘tara oladi.

Yuk mashinalari hali ommaviy ishlab chiqarila boshlanmagan, shuning uchun eCanter narxi oshkor qilinmayapti. Bu haqdagi batafsil ma'lumot 2019 yilda konveyer to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan keyin ma'lum qilinishiga va'da berildi.

Mavzuga oid