Surxondaryoning boy tarixini namoyon etuvchi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi hamda Surxondaryo viloyat Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi tomonidan viloyatning o‘tmishi, muqaddas qadamjolari, vohaning shonli tarixidan darak berib turuvchi tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, bugungi kundagi taraqqiyot odimlari, takrori yo‘q, benazir so‘lim tabiati, madaniyati, urf-odatlari, qadriyat va an'analarini o‘zida aks ettirgan bir so‘z bilan aytganda qadim va yengilmas ma'naviyatini namoyon etuvchi “Surxondaryo: buyuk o‘tmishdan, yorqin kelajak sari” nomli kitob-albomining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar qilgan.
Taqdimotda olimlar, ziyolilar, ma'naviyatchilar, o‘qituvchilar, mahalla faollari, yoshlar, OAV vakillari hamda kitob-albomni chop etgan “Ma'naviyat” nashriyoti rahbari - Sunnat Ahmedovich Ahmedov, dizayner – Sohibov Shuhrat Shamsiddinovich hamda Ishchi guruhi a'zolari, mualliflar ishtirok etishdi.
Kitob yaratilishi jarayonida har bir tumanning o‘ziga xos tabiati, muqaddas va tarixiy qadamjolari, urf-odatlari, fasllar almashinuvi, hunarmandchilik namunalariga, kiyinish madaniyati, mashg‘uloti umuman olganda Surxon vohasi aholisining o‘ziga xos xarakterini ko‘rsatib berishga alohida e'tibor qaratildi.
Mazkur kitobni tayyorlash jarayoni 3 bosqichda amalga oshirildi. Dastlab mutaxassis-olimlardan tashkil topgan Ishchi guruh tomonidan kitobdan joy olishi lozim bo‘lgan obektlar ro‘yxati shakllantirilib, ular haqida to‘liq ma'lumotlar bazasi yaratildi.
Ikkinchi bosqichda mazkur ro‘yxat asosida yuqori tajribaga ega bo‘lgan fotograflar jalb etilib, obektlarni suratga olish ishlari olib borildi. Kitob-albomning yaratilishidagi hal qiluvchi uchinchi bosqichda to‘plangan ma'lumotlar va fotosuratlarni umumlashtirish va tahrir qilish ishlari olib borilib, yaxlit asar holiga keltirildi.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda viloyat hokimi, viloyat Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi tuzuvchi mualliflar hamda ishchi guruh a'zolari R.Qo‘chqorov, Sh.Pidayev, S.Ahmedov, F.Sharipov, F.Ergashev, B.Turg‘unov, Ye.Ryabova, S.Tursunov, Z.Alimardonova, Sh.Sohibovlar kitob-albomga kiritilgan har bir fotosurat va ma'lumotlarning joylashishi, dizayni ustida ish olib bordi.
Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, mazkur kitob 2000 nusxada, o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan bo‘lib, ayni kunlarda viloyat hokimi, viloyat Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisining tashabbusi bilan ushbu kitobning ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan holdagi qo‘shimcha o‘zbek, ingliz va yapon tilida 1000 nusxada chop etishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Umuman olganda viloyatning tarixi, buguni va kelajagini, uning betakror tabiatini aks ettiruvchi bu kabi kitoblarning ko‘plab yaratilishi, ayniqsa chet tillarda chop etilishi vohada turizmning rivojlanishiga, hudud iqtisodiyotining o‘sishiga pirovardida esa mamlakatning taraqqiy etishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuga oid
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024