Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda binafsha rangli bulutlar kuzatildi
Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy meteorologik xizmati eng shimoliy Ras-al-Hayma amirligida kuzatilgan binafsha rangli bulutlar videosini namoyish qildi. Ushbu holat 16 dekabrda momaqaldiroq vaqtida kuzatilgan.
Meteorologik xizmat ma'lumotlariga ko‘ra, yomg‘irli ob-havo 18 dekabrgacha saqlanib qoladi.
Mamlakatda oxirgi kunlar yog‘ingarchilik chaqirish uchun sun'iy ravishda bulutlar hosil qilinmoqda. Joriy yil boshidan 25 ta shunday operatsiya amalga oshirilgan.
BAAda bulutlarni hosil qilish dasturi 1990-yillarda boshlangan. Maxsus samolyotlar muntazam ravishda bunday operatsiyalarni amalga oshirib keladi. Bulutlarni hosil qilish asosan mamlakatning shimoli-sharqidagi tog‘li hududlarda amalga oshiriladi. Ta'kidlanishicha, bu jarayonda bezarar kimyoviy moddalar qo‘llanadi.
BMTning prognoziga ko‘ra, 2030 yilga kelib dunyo aholisining yarmi suv yetishmasligidan aziyat chekadi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025