Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: 85 yoshli amerikalik kampir nevarasining tavallud kunida parashyutdan sakradi
Amerikalik 85 yoshli Henriyetta Sibenberg nevarasi Shmuel Eyzenman bilan birga parashyutdan sakradi, deb xabar qilmoqda NBC 6 South Florida telekanali. U shu usul bilan nevarasining 18 yoshga to‘lishini nishonlagan.
— Men buvimdan: "Men bilan borasanmi?", deb so‘radim, u: "Nima uchun yo‘q", dedi, — deb hikoya qiladi Shmuel.
Uning izoh berishicha, buvisi bilan parashyutdan sakrash uning uchun ko‘p narsani anglatadi. Shmuel qayd etganidek, Henriyetta holokostdan qutilib qolganlar sirasiga kiradi. Uning otasi Osventsim lagerida o‘ldirilgan, shu boisdan Fransiyadagi katolik oilasida tarbiyalangan.
Keksa ayolning aytishicha, yana 2 yil yashasa, nevarasi bilan navbatdagi parashyutdan sakrashni amalga oshiradi.
— Bu hayotdan bahra olishga intil. Chunki sen ertaga tongda uyg‘onasanmi, yo‘qmi bilmaysan. Har bir kun — yana bir kundir, — deb qo‘shimcha qilgan Henriyetta.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025