Apple iTunes’ni yopmoqda

Foto: AppleInsider
Apple kompaniyasi o‘zining musiqa do‘koni – iTunes’ni yopish haqida qaror qabul qildi. Bu uning ommaboplik darajasi tushib ketgani sabab ro‘y beradi, deb xabar bermoqda WeRaveYou portali.
So‘nggi bir necha yil davomida foydalanuvchilar musiqani ko‘proq obuna bo‘lish orqali tinglashmoqda hamda ma'lum bir treklarni juda kam sotib olishmoqda. Natijada Apple Music, Spotify, TIDAL va boshqa shunga o‘xshash servislar bir-biri bilan faol raqobatga kirishib, iTunes’ni ancha orqada qoldirib ketishdi.
Mish-mishlarga ko‘ra, musiqa do‘koni 2019 yilning boshida o‘z ishini to‘xtatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple iPhone’lar o‘rtasida pul o‘tkazish funksiyasini ishga tushirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

16:11 / 12.04.2025
Apple Indoneziyada smartfon sotishga ruxsat oldi

21:17 / 10.04.2025
Apple Tramp tariflarini chetlab o‘tish uchun Hindistondan 1,5 million dona iPhone olib chiqadi

20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

21:50 / 07.04.2025