Netanyaxu AQShga minnatdorlik bildirdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyliga BMT Xavfsizlik kengashidagi ovoz berish jarayoni davomida al-Qudsning Isroil poytaxti sifatida tan olinishiga qarshi yo‘naltirilgan rezolyutsiyaga veto qo‘yilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
«Rahmat, doimiy vakil Xeyli. Xanukada siz xuddi Makkavey kabi gapirdingiz. Siz haqiqat shamini yoqib berdingiz va zulmatni tarqatib yubordingiz. Bittasi ko‘plarni mag‘lubiyatga uchratdi. Haqiqat yolg‘ondan ustun keldi. Rahmat, prezident Tramp», - deya yozgan Netanyaxu tvitterdagi o‘z sahifasida.
Avvalroq AQSh BMT Xavfsizlik kengashida Misrning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olinishiga qarshi bo‘lgan rezolyutsiya loyihasini to‘sib qo‘yish uchun veto huquqidan foydalandi.
Shundan so‘ng Isroilning BMTdagi doimiy vakili Danni Danon al-Qudsda barcha dinlar vakillari tinch hayot kechirishi mumkin ekanini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024