O‘zbekiston | 12:40 / 19.12.2017
46607
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat G‘aniyevich Fozilov lavozimidan ozod etildi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan mutasaddi vakilning aytishicha, G‘ayrat Fozilov O‘zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga Senat tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Senatining XIII yalpi majlisi kun tartibiga ushbu masala kiritilgan.

G‘ayrat Fozilov 1996 yili Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetini tamomlagan. U 2015 yildan buyon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelgan. Undan avval, 2012-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasining NATO huzuridagi missiyasi maslahatchisi, 2010-2012 yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kadrlar va o‘quv yurtlari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i sifatida xizmat qilgan.

Mavzuga oid