Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi yili Superligada qatnashadigan 12 jamoa nomi ma'lum
2018 yildan boshlab O‘zbekiston Superligasi deb nomlanadigan yuqori divizionda 12 jamoa ishtirok etadi. Hozirda mazkur musobaqada qatnashadigan jamoalarning nomi rasman e'lon qilinmayapti.
Ammo bugun O‘FF rasmiy saytida Superliga jamoalarining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha test topshirayotgani haqidagi xabarda 12 jamoa xuddi shunday testlarni topshirayotganini ma'lum qildi. Ro‘yxatga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan mavsumda dastlabki 11 o‘rinni egallagan jamoalar va Birinchi ligada chempion bo‘lgan Quvasoyning «Tsementchi» klubi Superligada ishtirok etadi.
Demak O‘FF tomonidan tasdiqlangan dastur bo‘yicha test topshirayotgan va kelgusi mavsumda Superligada ishtirok etishi kutilayotgan jamoalar ro‘yxati quyidagicha:
«Olmaliq», «Mash'al», «Qo‘qon-1912», «Navbahor», «Tsementchi», «Metallurg», «Buxoro», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Qizilqum», «Nasaf», «Lokomotiv».
Bundan ko‘rinib turibdiki, Farg‘onaning «Neftchi», Samarqandning «Dinamo», Jizzaxning «So‘g‘diyona» va G‘uzorning «Sho‘rtan» jamoalari kelgusi mavsumdan boshlab PRO-liga deb ataluvchi quyi ligada ishtirok etadi.
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
14:40 / 07.04.2025
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda
17:43 / 30.11.2024
Superliga. «Metallurg» «Nasaf»ni mag‘lub etib «Lokomotiv»ni Proligaga ravona qildi, OKMK o‘z tarixida ilk bor kumush medallarni qo‘lga kiritdi
19:03 / 18.11.2024