Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ming dollarlik tenderlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuziladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 dekabrdagi «O‘zbekiston Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi 992-sonli qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining «Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2000 yil 21 noyabrdagi 456-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Jumladan, 5-bandda quyidagilar bayon etilmoqda:
«5. Tender savdolari 1000 ming AQSh dollariga teng miqdordan ortiq bitta kontrakt bo‘yicha tovarlar yetkazib berishni amalga oshirishda o‘tkaziladi.
Kamida 1 ming AQSh dollari summasidagi bir kontrakt bo‘yicha yetkazib berishda xarid tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxi, sifati va yetkazib berish muddatlari bo‘yicha eng maqbul shartlarni yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bir ming AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan summaga bitta kontrakt bo‘yicha yetkazib berishda xarid:
- xarid qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlarning tavsifnomasini, sonini, bajarish muddatini va tovarni yetkazib berish joyini ko‘rsatgan holda takliflarni yetkazib beruvchilarga yoki pudratchilarga yuborish;
- yetkazib beruvchilar yoki pudratchilar e'lon qilgan narxlar va tavsifnomalarni taqqoslash yo‘li bilan buyurtmachilar tomonidan tashkil etiladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni inobatga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi».
Mavzuga oid
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi
09:48 / 14.03.2025
Foydali qazilmalar va mudofaa sohasida hamkorlik, axborot almashinuvini kuchaytirish – O‘zbekiston-Fransiya strategik sheriklik shartnomasida nimalar ko‘zda tutilgan?
11:29 / 26.02.2025