Jahon | 09:50 / 22.12.2017
4582
2 daqiqa o‘qiladi

Haagada sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal yopildi

Foto: Reuters

21 dekabrda Haagadagi Ritsarlik zalida sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunalning yopilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ishtirok etdi. Guterrish nutq bilan chiqib, sudga ishi uchun minnatdorlik bildirdi.

“Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal yopilmoqda, biroq biz aybdorlarni javobgarlikka tortish va qurbonlar uchun adolatni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishimiz lozim”, deb yozgan Guterrish tribunalning tvitterdagi akkauntida.

Xalqaro tribunalning vakolati tugagandan keyin sud jarayonlari doirasida yakunlanmagan barcha ishlar Jinoiy tribunallar uchun xalqaro qoldiq mexanizmiga o‘tadi.

1993 yilda sobiq Yugoslaviya hududidagi gumanitar huquq buzilishlari uchun javobgar shaxslarni ta'qib qilish uchun yaratilgan xalqaro tribunal faoliyati davomida 161 kishiga nisbatan ayblovlar e'lon qilingan. Ulardan 90 nafari sudlangan. Sud jarayonlari 10800 kun davom etgan, ular davomida 4600 ga yaqin guvoh so‘roq qilingan. Sudlanganlar orasida bosniyalik serbrlarning sobiq yetakchisi Radovan Karajich (40 yillik qamoq jazosi) va bosniyalik serblar armiyasi sobiq qo‘mondoni Ratko Mladich bor.

Xalqaro tribunal doirasida ko‘rilgan oxirgi eng ovozali ish Xorvatiya prezidentining bosniyalik xorvatlar armiyasidagi sobiq vakili Slobodan Pralyakga chiqarilgan hukmning o‘z kuchida qoldirilgani bo‘lgan. Pralyak 28 noyabrda sud zalida qaror chiqarilgandan keyin zahar ichib, shifoxonada vafot etgan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid