Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google’ga egalik qiluvchi Alphabet xoldingi rahbari iste'foga chiqdi
Google Inc. kompaniyasiga egalik qiluvchi Alphabet xoldingi direktorlar kengashi raisi Erik Shmidt 22 dekabrda iste'foga chiqishini e'lon qildi.
“Kompaniyaning bosh ijrochi direktori sifatidagi 10 yillik va direktorlar kengashi raisi sifatidagi 7 yillik faoliyatimdan keyin o‘zimni to‘liq fan, texnologiya va saxovatpeshalikka bag‘ishlay oladigan onni, Larri Peyj va Sergey Brin bilan Alphabet kelajagi ustida birgalikda ishlashni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, deb yozgan Shmidt tvitterda.
Shmidt direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketgandan keyin ham Alphabet’da texnik masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida ishlashni davom ettiradi.
Shmidt Google’da Peyj va Brin taklifi bilan 2001 yildan ishlashni boshlagan. Google 2015 yilda Alphabet xoldingi sifatida qayta shakllantirilgan.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025