Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana kollej. 300 dollarni o‘margan kollej o‘quvchisi ushlandi
Toshkent viloyatining Bekobod shahar ichki ishlar bo‘limiga fuqaro Bahrom Sattorov (ism-familiya o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, joriy yil 1 noyabr kuni tungi soat 23.55 larda noma'lum shaxs Bekobod shahar Mustaqillik ko‘chasida turgan unga tegishli Matiz rusumli avtoulovi oynasini sindirib, salonidan narxi taxminan 180 ming so‘mlik kompyuter monitori va 300 AQSh dollarini o‘g‘irlanganini ma'lum qilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qilmish-qidirmish deganlaridek, "uddaburon"ning izi tezda fosh bo‘ldi. Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 1999 yilda tug‘ilgan, Bekobod sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi S.A. sodir etgani aniqlanib, ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025