Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi mehmonxona xorijiy korxonaga sotildi
«Wide tent system» AJ xorijiy korxonasi Buxoro shahri markazida joylashgan ko‘pqavatli «Bukhara palace» mehmonxonasini 20 dekabr kuni 27,5 milliard so‘mga xarid qilgan. Bu haqda Livebukhara.uz «ISHONCH MULK SAVDO» rieltorlik kompaniyasiga asoslanib xabar bermoqda.
Savdolarda O‘zbekistonda alyuminiy profillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi «Wide tent system» AJ QK bilan bir qatorda Singapurning «Espada Profile» MChJ ham ishtirok etgan.
Mehmonxona 26 milliard 351,2 million so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga chiqarilgan edi.
Qariyb 1,9 gektar yerda joylashgan obektning umumiy maydoni 8581,16 kvadrat metrni tashkil etadi.
Superjob.uz sayti ma'lumotlariga ko‘ra, «Wide tent system» alyuminiy, PVX, aksessuarlar va komponentlar ishlab chiqaruvchi «Akfa» kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025