Qozog‘iston yo‘llaridagi yaxvonlik tuyalar va otlarga ham muammo tug‘dirmoqda (video)
Qozog‘istondagi yo‘llarda kuzatilayotgan yaxvonlik nafaqat avtomobil haydovchilari, balki yo‘lni kesib o‘tayotgan hayvonlarga ham qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.
Ushbu mamlakatdagi yo‘llar qoplamasi qishki yomg‘irdan so‘ng haqiqiy yaxmalakka aylandi. Internetda yo‘lni kesib o‘tishga harakat qilayotgan va sirpanchiq yo‘ldan o‘tishga juda qiynalayotgan otlar hamda tuyalar tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi.
Masalan, otlar tasvirlangan videoda hayvonlarning barchasi ham yo‘lning narigi tomoniga o‘ta olishning uddasidan chiqa olmaganini ko‘rish mumkin. Otlardan biri, yaxmalakka qarshi «kurashishdan» charchab, yo‘lning o‘ziga o‘tirib qolgan.
Mashinadan olingan boshqa videoda esa, tuyalar guruhi yo‘lning boshida to‘xtab qolganini ko‘rish mumkin. Ular bu joyni kesib o‘tish juda mushkul ishga aylanishini sezishgandek go‘yo.
Eng yosh tuya esa kattalarining to‘xtab qolganiga parvo ham qilmay yo‘lga chiqib ketgan va sirpanib ketdi. U yo‘lning qoq o‘rtasiga yiqilgan.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024