Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda MChJ binosidan yirik mablag‘larni o‘marib ketgan shaxs ushlandi
2017 yil 5 noyabrdan 6 noyabrga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida joylashgan mas'uliyati cheklangan jamiyat binosi ichiga deraza panjarasini sindirish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro E.S.ga tegishli bo‘lgan 680 AQSh dollari va 2.090.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, mazkur jinoyatni G.K. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
20:04 / 18.04.2025