Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yilning eng serdaromad aktyorlari reytingi taqdim etildi
"Forsaj" filmi sakkizinchi qismining muvaffaqiyatidan keyin Vin Dizel 2017 yilning eng serdaromad aktyori deya e'tirof etildi. Forbes jurnali yilning eng serdaromad aktyorlari reytingini taqdim etdi.
Filmlarning prokatda to‘plagan daromadini hisoblash bilan shug‘ullanuvchi Box Office Mojo portali ma'lumotlariga ko‘ra, Dizel ishtirokidagi filmlar bir yilda 1,6 milliard dollar keltirgan, bu pullarning uchdan biri "Forsaj" ulushiga to‘g‘ri keladi. Reytingning ikkinchi o‘rnini 1,5 milliard dollar daromad bilan Dueyn Jonson egalladi. Ta'kidlash joizki, u ham "Forsaj"ning sakkizinchi qismida suratga tushgan.
Uchinchi pog‘onada Gal Gadot — prokatda 820 million dollar to‘plagan "Mo‘'jiza ayol" filmi qahramoni. Gadot ishtirokidagi filmlar bir yilda jami 1,4 milliard daromad keltirgan.
Eng serdaromad aktyorlar o‘nligidan, shuningdek, Emma Uotson, Jonni Depp, Deyzi Ridli, Tom Holland, Kris Prett, Kris Xemsvort va Jon Boyyegalar o‘rin olgan.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025