Jahon | 01:51 / 29.12.2017
14115
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Rossiya elchisi o‘ldirilgan ko‘rgazma tashkilotchisi hibsga olindi  

Foto: Vesti

Anqara sudi Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov o‘ldirilgan ko‘rgazma tashkilotchisi Mustafo Timur O‘zkanni hibsga oldi. Bu haqda Sabah turk nashri xabar bergan. 

O‘zkan Karlovning o‘ldirilishida ishtirok etish aybi bilan hibsga olingan.

Mahalliy prokuratura elchining o‘limi yuzasidan Rossiya bilan birgalikda olib borayotgan tergov doirasida tergovchilar qotillikni sodir etgan politsiyachi Mavlut Mert Altintoshning mobil telefonidagi barcha ma'lumotni qo‘lga kiritishgan.

Qotillikni sodir etishga aloqadorlikka gumon bilan 6 kishi, jumladan 3 politsiyachi hibsga olingan.

Altintosh 2016 yil 19 dekabrda “Rossiya turklar nigohida” deb nomlangan ko‘rgazmada Karlov nutq so‘zlayotganda uning orqasidan o‘q uzgan.  

Oqibatda Karlov voqea joyida halok bo‘lgan, qotil esa politsiyachilar tomondan yo‘q qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid