Foto: Durang «Siti»ga juda qimmatga tushdi
«Manchester Siti» jamoasi yetakchisi Kevin de Bryuyne Angliya chempionatining 21-turida «Kristal Pelas»ga qarshi kechgan va 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan uchrashuv vaqtida jarohat oldi.
Belgiyalik futbolchi o‘yinning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda maydonni zambilda tark etdi. Bungacha «Manchester Siti» barcha almashtirishlardan foydalanib bo‘lgandi va shu tufayli qolgan vaqtda jamoa o‘n kishi bo‘lib harakat qildi.
Qolgan vaqtda «Manchester Siti» darvozasiga penalti qo‘yildi, ammo jamoa darvozaboni Ederson zarbani bartaraf etib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Lekin bu o‘yinda g‘alaba qozona olmagan Xosep Gvardiola shogirdlari 18 uchrashuv davom etgan g‘alabali seriyasini to‘xtatdi.
Qayd etish kerakki, bu durang «shaharliklar» jamoasi uchun qimmatga tushdi, o‘yin boshida jamoaning asosiy hujumchisi Gabriel Jyezus jarohat olib maydonni tark etgan, u maydonni tark etish vaqtida yig‘lab yuborgandi. Ko‘p ehtimol bilan u uzoq vaqtga safdan chiqdi.
Kevin de Bryuynening jarohati darajasi ham hozircha ma'lum emas.
Mavzuga oid
17:00 / 26.09.2024
Chempionlik kurashiga ta’sir qiluvchi jarohat - Rodrisiz «Siti»ning titul poygasidagi imkoniyatlari qanday?
11:34 / 18.02.2024
«Siti» ochko yo‘qotdi, «Arsenal»da yana 5 ta gol. APLda kun o‘yinlari
11:32 / 14.01.2024
«Siti»da jiddiy yo‘qotish va qiyin g‘alaba, Sanchoda yorqin qaytish. Yevropada kun o‘yinlari
01:08 / 23.12.2023