Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kia va Hyundai avtomobillarida ovozli-yordamchi paydo bo‘ladi
Janubiy Koreyaning Hyundai va Kia avtomobillari 2019 yildan e'tiboran virtual yordamchilarga ega bo‘ladi. Sun'iy intellektni Kremniy vodiysidagi SoundHound kompaniyasi ishlab chiqadi. Ayni kompaniya Siri yoki Alexa kabi chatbotlarni tuzishda ishtirok etmoqda.
Avtomobil ovozli yordamchisi eshikni ochib, yopadi. Salondagi haroratni bir me'yorga keltiradi, yo‘l yo‘nalishini aytadi, uchrashuvlar va joriy ishlarni yodga soladi. Aqlli uy jihozlarini masofadan boshqaradi hamda Alexa chatboti qila oladigan ishlar, yangiliklar va ob-havo haqida so‘zlaydi.
Garchi bu avtomobillar uchun ilk ovozli yordamchi bo‘lmasa-da, SoundHound ishlab chiqarayotgan virtual yordamchi bir necha buyruqni bir vaqtning o‘zida tushunishi kerak. Masalan, haydovchi chiroqlarni yoqishni va ob-havo haqida so‘rasa, tizim ikki talabni ham bir vaqtda bajarishi lozim bo‘ladi, deb yozadi TechCrunch.
Intelligent Personal Assistant deb nomlanuvchi sun'iy intellekt 2018 yilning ilk ko‘rgazmasi - CES 2018’da rasman namoyish etiladi. Sinov ishlari ham 2019 yilda yetkazib berishga ulgurish uchun shu yili boshlanadi.
So‘nggi vaqtlarda Hyundai kompaniyasi ko‘p-ko‘p va'da bermoqda: yaqinda kelasi 8 yilda avtomobil bozoriga 38 ta yangi elektromobilni taqdim etishini bildirgan edi. Uning 7 tasi yaqin 5 yilda paydo bo‘lishi kerak. Bu Osiyo ishlab chiqaruvchisini elektromobillar ishlab chiqarish sohasida ham yetakchiga aylantirishi kerak.
Mavzuga oid
17:00 / 07.03.2025
Faqat mart oyining oxirigacha Kia avtomobillarini xarid qilish uchun maxsus shartlar
15:10 / 27.02.2025
Jizzaxda Kia dilerlik konferensiyasi: yangi modelning CKD-ishlab chiqarilishi va 2025 yil uchun strategik reja
22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi
19:00 / 28.12.2024