Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda bachchabozlar kimyoviy usulda bichiladi
2018 yil 1 yanvaridan boshlab Qozog‘istonda bachchabozlarga qarshi kimyoviy usulni qo‘llashga ruxsat beruvchi qonunchilik tuzatishlari kuchga kiradi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda. Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilikka tuzatishlarning Katta to‘plamini 2016 yil aprelida imzolagan edi.
Shunday choralardan biri kimyoviy yo‘l bilan bichishni nazarda tutadi. Avvalroq, respublika Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar va kichik yoshdagilarga nisbatan zo‘ravonlik hamda jinsiy mayllik ko‘rsatganlarga nisbatan har qanday holatda ham shartli jazo muddati tayinlash, amnistiya akti qo‘llash, jazoni yengilroq turiga almashtirish, shartli ravishda muddatidan avval ozodlikka chiqarish, bachchabozlar bilan protsessual kelishuvlar kabi choralar qo‘llanilmasligini ta'kidlagan edi.
"2018 yil 1 yanvaridan kimyoviy usulda bichish qo‘llaniladi. Ya'ni sud qaroriga muvofiq, sudlanuvchi jinsiy maylni susaytiruvchi dorilar ichishga majbur qilinadi", - deyiladi Prokuratura saytida. Mazkur chora 18 yoshdan katta, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligini buzgan fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi.
2018 yil boshidan, shuningdek respublika sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan kimyoviy usulda bichishni qo‘llash qoidalari ham kuchga kiradi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025