Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada eng kam oylik ish haqi 40 foizga oshirildi
Venesuela hukumati yangi yilning birinchi kuni – 1 yanvardan eng kam oylik ish haqini 40 foizga oshirdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nikolas Maduro e'lon qildi.
"Men butun mamlakat bo‘ylab eng kam oylik ish haqini 40 foizga oshirilishini e'lon qilaman", - degan u Venezolana de Television telekanalida efirga uzatilgan Yangi yil murojaatida. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, shu bilan eng kam oylik maosh 177,5 ming bolivardan 248,5 ming bolivarga oshadi. Davlat kursi bo‘yicha 10 bolivar 1 dollarga teng bo‘lsa-da, qora bozorda bir dollarga 110 ming bolivar berishadi.
Maduroning qayd etishicha, 2017 yil "Bolivar inqilobi uchun eng murakkab yillardan biri bo‘lgan". "2017 yili, iqtisodiyot tiklana boshlaganida <...>, milliy valyuta qadriga hujumlar kuchaydi va neft sanoatiga qarshi qo‘poruvchiliklar kuzatildi", - dedi prezident. Uning qayd etishicha, qiyinchiliklarga qaramay, Venesuela "ijtimoiy tinchlik va siyosiy barqarorlikka erisha olgan".
Venesuela so‘nggi bir necha yillar mobaynida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. O‘tgan yili mamlakat hukumati eng kam oylik ish haqini 5 marta oshirishga majbur bo‘ldi.
XVJ 2017 yil yakunlariga muvofiq, iste'mol tovarlari narxi 652,7 foizni, 2018 yilda bu raqam 2349,3 foizni tashkil etishini taxmin qilgan edi.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025