Jahon | 07:43 / 02.01.2018
4103
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada cherkovdan qaytayotgan odamlar o‘qqa tutildi

Foto: AFP 2017 / Aminu Abubakar

Nigeriyaning Rivers shtatida noma'lum qurollangan kimsalar cherkovdan qaytayotgan odamlarga hujum qilishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Premium Times nashri xabar berdi.

Voqea 1 yanvarda, yarimtundan keyin Omoku aholi punkti yonida sodir bo‘lgan. Politsiya halok bo‘lganlarning aniq sonini ma'lum qilmagan. Mamlakatning dengiz ma'muriyati va xavfsizlik agentligi vakili Dakuku Pitersaydning aytishicha, hujum oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda hech qaysi bir ekstremistik guruh ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Pitersaydning ta'kidlashicha, voqea turli diniy oqimdagi guruhlar o‘rtasidagi kurash oqibatida yuz bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid