Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yilning eng etalon smartfonlari e'lon qilindi
2017 yilda ishlab chiqarilgan 150 ga yaqin smartfon 4PDA portali ekspertlari tomonidan sinovdan o‘tkazildi. Ularning orasidan eng yaxshilari tanlab olindi.

Flagman modellar orasida Samsung Galaxy S8 eng etalon smartfon deya e'tirof etildi. Ekspertlar gadjyet himoyasining biometrik tizimi — Iris-skaner'ning ishonchli ekanini ta'kidlashmoqda, shu bilan birga, Bixby intellektual yordamchisini maqtashmoqda — 4PDA versiyasiga ko‘ra, u boshqa tillarga tarjimalarni yaxshi uddalaydi, suratdagi obektlarni aniqlab, tarmoqda javoblar topa oladi.

Ekspertlar 25 000 rublgacha (436.75 dollar) bo‘lgan smartfonlar orasidan Honor 9'ni eng yaxshisi deb topishdi. Ta'kidlanishicha, bu model protsessori samaradorlik jihatidan raqiblaridan ortda qoladi, biroq hatto nisbatan zaif platformada ham gadjyet eng talabchan o‘yinlarni uddalay oldi.

Byudjyet smartfonlar toifasida Xiaomi Redmi Note 4x yetakchilik qildi.


Eng yaxshi kameraga ega gadjyet sifatida esa Mate 10 Pro e'tirof etildi. Eng yaxshi himoyalangan qurilma — AGM X2.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
09:54 / 23.04.2025