Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada ichki yonish dvigateliga ega mashinani sotish taqiqlanadi
AQShning Kaliforniya shtati qonunchilik majlisi a'zosi Fil Ting maxsus qonun loyihasini taqdim etdi, unda shtatda benzinli yoki dizelli dvigatel bilan jihozlangan yangi avtomobillar sotuvini taqiqlash nazarda tutilgan. Hujjat tasdiqlansa, 2040 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi, deb xabar bermoqda Carscoops.
«Toza avtomobillar to‘g‘risidagi qonun 2040» nomli qonun loyihasi zararli moddalarning nol darajasi bo‘lmagan transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda rad javobini berishni nazarda tutadi. Faqatgina elektrmotor yoki yoqilg‘i elementlaridagi kuch qurilmasiga ega avtomobilni xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek hujjatda ko‘rsatilishicha, «moddalar chiqarishning nol darajasiga ega transport vositalari uchun istalgan ish rejimi yoki holatida ifloslantiruvchi yoxud parnik gazlar chiqarib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi». Qonun loyihasi og‘irligi 4535 kilogrammdan ortiq bo‘lgan tijorat avtomobillari hamda boshqa shtatlar aholisiga tegishli mashinalarga taalluqli bo‘lmaydi.
Avvalroq Xitoy hukumati ham ichki yonish dvigateliga ega avtomobillarni taqiqlash haqida ma'lum qilgandi. Bunga mamlakat 20 yil sarflaydi. Shuningdek, Buyuk Britaniya va Fransiya ham shunday taqiqni joriy etish niyatida.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
20:14 / 27.01.2025