Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyada 11 shahzoda podshohlik saroyidagi noroziliklar uchun hibsga olindi
Saudiya Arabistonidagi podshohlik saroyida yuz bergan noroziliklar tufayli 11 nafar shahzoda qo‘lga olindi. Bu haqda Saudiyaning «Sabq» internet gazetasi xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, podshohlik oilasining norozilik bildirgan shahzodalari podshoh Salmon bin Abdul Aziz Ol Sauddan tegishli buyruqni bekor etishni talab qilishgan. Unga ko‘ra, shahzodalar hisoblaridan suv va elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish to‘xtatilishi lozim. Shahzodalarning ma'lum qilishicha, qotillikda ayblangan hamda uch yil muqaddam qatl etilgan amakilarining o‘g‘illari o‘limi uchun ham tovon puli olishni xohlaydilar.
Podshohlik gvardiyasi norozi bo‘lganlarni ular saroyni tark etishdan bosh tortishgach, hibsga oldi. Shahzodalar «Al-Xayr» qamoqxonasida sudga qadar hibsda saqlanmoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistonining marhum qiroli Abdulloh bin Abdulaziz Ol Saudning korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan ikki o‘g‘li – Faysal bin Abdulloh va Mash'al bin Abdulloh ozodlikka chiqarilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025