Sport | 22:00 / 08.01.2018
10345
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada futbolchining avtomobili o‘qqa tutildi

Germaniyada, kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan futbolchi Deniz Naki avtomobili o‘qqa tutildi, deb xabar bermoqdaWelt.

Voqea yakshanba kuni kechqurun yuz bergan. Naki avtomobilida Dyuren shahri yaqinida ketayotganida, noma'lum shaxslar uning yonidagi avtomobildan ikki marta o‘q uzganlar.

"Men o‘ng tomondan ketayotgandim, shunda birdan o‘q ovozi yangradi... Shu zahoti engashib, yo‘l chetiga chiqdim. Dunyo ko‘zimga qorong‘u ko‘rinib ketdi, juda qo‘rqqan edim", — dedi futbolchi.

Avvalroq Naki taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasini targ‘ibot qilgani uchun Turkiyada shartli qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. Uning fikriga ko‘ra, suiqasdga turk maxfiy xizmati xodimlari aloqador bo‘lishi mumkin.

Nemis prokuraturasi bu mojaro yuzasidan jinoiy ish ochdi.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish