Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya bosh vaziri qochqinlarni “bosqinchilar” deb atadi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropaga kelayotgan qochqinlarni “musulmon bosqinchilari” deb atadi va uning davlati kelgusida muhojirlarni qabul qilishni istamasligini aytdi.
Orbanning fikricha, musulmon aholisining kelishi davlat ichida “parallel hamjamiyatlar” paydo bo‘lishiga olib keladi.
“Biz ularni musulmon qochqinlari deb hisoblamaymiz. Biz ularga musulmon bosqinchilaridek qaraymiz”, deb aytgan Orban Welt nashriga.
Orban Yevropaning yetakchi davlatlari rahbarlarini Vengriyani hurmat qilishga chaqirdi. Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqining ko‘plab davlatlari Vengriya hukumatini Budapesht Yevropa Ittifoqi uyushqoqligi jamg‘armasidan mablag‘lar olayotgani, biroq qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortayotganlikda ayblamoqdalar. Biroq Orbanning ta'kidlashicha, bu jamg‘armadan Vengriyaga ajratilayotgan mablag‘lar qochqinlarni qabul qilish masalasi bilan bog‘lanmagan.
2017 yil oxirida Yevrokomissiya muhojirlarni joylashtirish dasturi doirasida qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortganlari uchun Vengriya, Polsha va Chexiya ustidan Yevropa Ittifoqi sudiga shikoyat qilgan.
Mavzuga oid
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:46 / 21.05.2025