Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladivostokda o‘zbekistonlik ishchilar o‘lik holda topildi
Rossiyaning Vladivostok shahridagi kafelardan birining omborxonasida ikki erkakning jasadi topildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kafe Lazurnaya sohilbo‘yida joylashgan. Halok bo‘lganlarning yoshi 40 va 54da ekani aytilmoqda. Politsiya ularning shaxsini aniqlagan. Har ikkisi ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, Vladivostokka pul ishlab topish maqsadida kelishgan.
Ayni damda tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda, erkaklarning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniqlashtirilmoqda. Asosiy taxmin – ishchilar is gazidan zaharlanib hayotdan ko‘z yumishgan.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025